SHOSHILINCH AXBOROT

SHOSHILINCH AXBOROT

29.04.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 3-4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

3-4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;

4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi
va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;

3-4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol
17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati 22-25° gacha pasayadi.

фото

2022 yil 3 may kechga yog‘ingarchilik miqdori (12 soatda mm) tarqalishi xaritasi.