SHOSHILINCH AXBOROT
27.04.2022
![SHOSHILINCH AXBOROT](/sites/default/files/styles/large/public/2022-04/IMG_20220427_081902_181.jpg?itok=Lylj6-Hw)
Joriy yilning 27 aprel kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda, jumladan:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xojaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.