O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 25-29 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
25.04.2022
Ushbu hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Bugun respublika hududining katta qismida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida atmosfera fronti o‘tishida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Respublikaninng ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 24-28° atrofida bo‘ladi.
Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat 27 aprelda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
27 aprelda shimolda va cho‘l hududlarida, 28 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta o‘rtasiga kelib, Eron hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi hisobiga kunduzgi havo harorati 27-32° gacha ko‘tariladi.