25 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
25.04.2022
MUHIM HODISALAR
25 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
25 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17o bo‘ladi.