25 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 24 aprel soat 20 dan – 25 aprel soat 20 gacha
24.04.2022
Joriy yilning 24-25 aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, respublikaning ayrim tumanlarida do‘l yog‘ishi mumkin.
24-25 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, Navoiy viloyatining tog‘ oldi hududlarida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
24-25 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
25 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 24 aprel soat 20 dan – 25 aprel soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgir yogadi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 13-15o, kunduzi 23-25o bo‘ladi
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgir yogadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 23-28o bo‘ladi
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 28-33o bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomgir yogadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 23-28o bo‘ladi
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomgir yogadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o, kunduzi 13-18o bo‘ladi