24 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.04.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 24-25 aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, respublikaning ayrim tumanlarida do‘l yog‘ishi mumkin.
24-25 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, Navoiy viloyatining tog‘ oldi hududlarida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
24-25 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

 

24 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol ga’rbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-25 o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ga’rbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17o bo‘ladi.