22 aprel - “Butun jahon Yer kuni”
22.04.2022
Ma’lumki har yili 22 aprel “Butun jahon Yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Biz yerning qishloq xo‘jalik ekinlari va chorvachilik mahsulotlari bilan oziqlanamiz, kiyinamiz. Tabiiyki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosan ochiq yerlarda yetishtiriladi. Qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. O‘zgidrometning agrometeorologik xizmatining asosiy vazifasi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga qaratilgan turli xil agrometeorologik ma’lumotlar va bashoratlarni taqdim etishdir.