23 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 22 aprel soat 20 dan – 23 aprel soat 20 gacha

23 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 22 aprel soat 20 dan – 23 aprel soat 20 gacha

22.04.2022

23 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

22 aprel soat 20 dan – 23 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15o, kunduzi 26-28o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat cho‘l hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.