Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan COР-27ga tayyorgarlik boshlandi

Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan COР-27ga tayyorgarlik boshlandi

21.04.2022

Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan COР-27ga tayyorgarlik boshlandi

O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodho‘ja Habibullayev Misr Respublikasi Muxtor elchisi Amira Fahriyni O‘zgidrometda qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Tomonlarning uchrashuvidan asosiy maqsadi 2021 – yil Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMT ning Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan 26 – konferensiyasi (COP 26) bo‘yicha O‘zgidromet bildirgan  takliflarni muhokama qilish, hamda joriy yilning noyabr oyida Misrda bo‘lib o‘tadigan COP 27 konferensiyasi bo‘yicha fikr va mulohazalar bilan almashish (o‘rtoqlashish)dir.

Misr elchisi BMTning Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan 27–(COP 27) konferensiyasi o‘tkazilishidan oldin yuqori darajadagi vakillar uchrashuvini tashkil etish taklifini kiritdi (taklif bilan chiqdi). COP 26 konferensiyasidagi O‘zbekiston pozitsiyasi bo‘yicha Misr elchisiga asosli ma’lumotlar berildi.

Misr elchisi Amira Fahmiy chiqindi gazlar miqdorini 2030 yilgacha 35% da ushlab turish yoki kamaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.