19 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.04.2022

MUHIM HODISALAR

19-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:

19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

19-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23o gacha pasayadi.

Joriy yilning 19-21 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel hodisalari kuzatilishi mumkin.

 

19 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
25-27o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.