O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 18-22 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
18.04.2022
Haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi va havo salqin bo‘ladi
Uzoq muddatli quruq ob-havodan so‘ng, bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog‘lik bilan nam havo massasi tarqala boshlaydi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 25-30° atrofida, yomg‘ir paytida 20-25° bo‘ladi.
19-20 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga siklon ta’siri tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20 aprelda 28-23° ni tashkil etadi.
18 va 19 aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin bo‘ladi, 22 aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28° gacha ko‘tariladi.
18-21 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.