SHOSHILINCH AXBOROT

SHOSHILINCH AXBOROT

15.04.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:

19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.

19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23° gacha pasayadi.

фото

2022 yil 20 aprel ertalabga yog‘ingarchilik miqdori (12 soatda mm) tarqalishi xaritasi