O‘zgidromet ma’lum qiladi

O‘zgidromet ma’lum qiladi

15.04.2022

O‘zgidromet ma’lum qiladi

Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda endilikda barcha «O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi» degan mazmunda xabar tarqaldi va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zgidromet ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining ta’siri: iqlimning umumiy qurg‘oqchililigi, yuqori darajalar, atmosfera qurg‘oqchiligi, garmsellar, changli bo‘ronlarni takrorlanishi turar joy va shaharlar havosida RM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori oshishiga olib keladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda atmosfera havosini ifloslantiruvchi tashkilotlar soni 1323 tani tashkil qilib, ulardagi tashlama tashlovchi manbalar soni 6786 ta, shundan tashkillangan manbalar soni 4185 ta, manbalarda chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlanganlari soni 725 tani (quvvati 7936,4 ming m3 gaz/soat) tashkil qiladi.

2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 2 955 295 tani (Toshkent shahrida – 479 544 ta) tashkil etmoqda.

So‘nggi uch yil davomida respublika bo‘yicha atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning yillik o‘rtacha miqdori  2,427 mln.tonnani, jumladan, Toshkent shahrida 325,46 ming tonnani tashkil etgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, poytaxtda 2018-2020 yillar davomida transport vositalaridan ajratilayotgan moddalar 14 foizga turg‘un manbalardan chiqarilayotgan moddalar 62 foizga o‘sgan.

Xususan, 2020 yilda atmosfera havosiga ajratilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2018 yilga nisbatan 17 foizga ko‘paygan yoki 316,0 ming tonnani tashkil etgan. Jumladan, transport vositalari tomonidan ajratilgan moddalar 290 ming tonnaga (14 foizga o‘sgan), turg‘un manbalardan 26 ming tonnaga (62 foizga) yetgan.

Atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining, jumladan RMni kamayishi davlat tuzilmalari, sanoat, jamoatchilik va faollarni milliy darajada birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab etadi. Atmosfera havosi ifloslanishini bartaraf etish uchun javobgar davlat organlariga atrof muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, transport, rejalashtirish, uy-joy kommunal xo‘jaligi va energetika sohalarida faoliyat yurutuvchi organlar kiradi.