17-20 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
15.04.2022
17-20 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17-19 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 20 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 18-23°, 18 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 19-20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-20 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°, 18 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 18-23°, 19-20 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17-18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 20 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprleda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°, 18 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°, 19 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18 aprelda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 19-20 aprelda yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprleda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°, 18 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°, 19 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-20 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, 19 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo’lish mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprleda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 31-36°, 18 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 20-25°, 19 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 aprleda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-18 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 19 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-20 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 18-19 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprleda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 17 aprelda 20-25°, 18-20 aprelda 10-15° gacha asta-sekin pasayadi.