Buxoro viloyati Kogon tumanida o‘rnatilgan meteorologik lokator mahsulotlarni qabul qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha trening

Buxoro viloyati Kogon tumanida o‘rnatilgan meteorologik lokator mahsulotlarni qabul qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha trening

14.04.2022

Buxoro viloyati Kogon tumanida o‘rnatilgan  meteorologik lokator mahsulotlarni qabul qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha trening

O‘zgidrometda 2022 yil 11-13 aprel kunlari VAISALA Ouj (Finlyandiya) meteorologik lokatori mahsulotlarini qabul qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi.

Treningni meteorologik radarlar bo‘yicha loyiha rahbari, xalqaro ekspert Masahiro Nagashima olib bordi.

Treningda Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi, "Meteoinfokom" Meteorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari, shuningdek, Toshkent aviatsiya meteorologiya markazining texnik mutaxassislari. ishtirok etdilar.

Trening davomida ishtirokchilar VAISALA ikki qutbli radiolokator tomonidan taqdim etayotgan yangi imkoniyatlar bilan tanishdilar.

VAISALA tomonidan ishlab chiqilgan IRIS Focus dasturi meteoradar mahsulotlarining keng assortimentini qabul qilish va tahlil qilish uchun noyob vositalar to‘plamini taqdim etadi.

Lokator ma’lumotlari meteorologik sun’iy yo‘ldoshlar ma’lumotlarini to‘ldiradi va konvektiv hodisa zonalarining joylashuvi va harakatlanishini va ular bilan bog‘liq jadal yog‘ingarchilik, momaqaldiroq, turbulentlik zonalari va boshqalar haqida aniqroq ma’lumot olishga imkon beradi. Lokator mahsulotlaridan foydalanish "naukasting" va shtorm ogohlantirishlarni berish imkoniyatlarini kengaytiradi, bu gidrometeorologik ta’minot samaradorligini oshiradi. Trening ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandilar.

Fotogaleriya