11 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.04.2022

MUHIM HODISALAR

11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

11 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang to‘zonlar bo’ladi. Harorat 24-29o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25o bo‘ladi.