10 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.04.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 10-11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:
10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;
11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30o bo‘ladi.
Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32o bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
17-22o bo‘ladi.