9 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 9 aprel soat 20 dan – 10 aprel soat 20 gacha

9 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 9 aprel soat 20 dan – 10 aprel soat 20 gacha

09.04.2022

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 9-11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:
9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida 17-22 m/s gacha kuchayadi;
10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayadi;
11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

9 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 9 aprel soat 20 dan – 10 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat
kechasi 15-17o, kunduzi 30-32o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi
20-25
° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi
14-19°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-17°, kunduzi
27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi
8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.