10-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

10-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

08.04.2022

10-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 10-11 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 12-13 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 aprelda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bo‘lishi kutilmoqdaHarorat 10 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°; 11 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi
20-25°; 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 11 aprelda ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zon bo‘lishi kutilmoqda. Harorat 10 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°; 11 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 23-28°; 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zon bo‘lishi kutilmoqda, Jizzax viloyatida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33°; 11 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°; 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zon bo‘lishi kutilmoqda, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37°; 11 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi
28-33°; 12 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°; 13 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 10-11 aprelda 27-32°, 12-13 aprelda 25-30° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 10 va 13 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11-12 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartiri, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.