8 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.04.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 8-11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:

8 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin;

9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;

10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;

11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

8 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va kechga tomon Buxoro viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va cho‘l hududularda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
17-22o bo‘ladi.