SHOSHILINCH AXBOROT

SHOSHILINCH AXBOROT

06.04.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 8-11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:

8 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin;

9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;

10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;

11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

фото

2022-yil 11 aprel kuniga shamol tezligi tarqalishi xaritasi.