7-10 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
05.04.2022
7-10 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 8 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, changli g’ubor bo’lishi mumkin. Harorat 7 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 8-10 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, changli g’ubor bo’lishi mumkin. Harorat 7 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33°; 8 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°; 9 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 28-33°; 10 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, changli g’ubor bo’lishi mumkin. Harorat 7 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 8-10 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, changli g’ubor bo’lishi mumkin. Harorat 7 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°, 8-10 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo‘ladi..
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, changli g’ubor bo’lishi mumkin. Harorat 7-8 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 25-30°; 9-10 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 va 9 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 8 va 10 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23°, 8 aprelda 20-25° bo‘ladi.