O‘zgidrometda aviatsiya yo‘nalishida yangi xalqaro hamkorliklar

O‘zgidrometda aviatsiya yo‘nalishida yangi xalqaro hamkorliklar

04.04.2022

O‘zgidrometda aviatsiya yo‘nalishida yangi xalqaro hamkorliklar

2022 yil 1 aprel kuni O‘zgidromet rahbariyati va mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi salohiyatini oshirish loyihasi ishida ishtirok etayotgan jahon banki vakillari va maslahatchilari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda aviatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan manfaatdor tomonlarning o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Muhokama chog‘ida aviatsiyani meteorologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati va xalqaro standartlarga muvofiq meteorologik xizmatlarni tashkil etish va taqdim etish bilan shug‘ullanadigan agentlik va idoralar o‘rtasida yaqin hamkorlik zarurligi qayd etildi.

O‘zgidromet va transport vazirligi tarkibiga kiruvchi idoralar, shuningdek, «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha doimiy ravishda yaqin ishlar olib borilayotgani haqida Jahon banki vakillariga ma’lumot berildi. Ushbu hamkorlik konstruktiv va foydali bo‘lib, barcha manfaatdor tomonlarning nuqtai nazarini inobatga olish va eng yaxshi natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi.