O‘zbekiston bo‘yicha 4-8 aprelga ob-havo prognozi
04.04.2022

Haftaning birinchi yarmida issiq bo‘lishi kutilmoqda
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib chorshanba kuniga kelib kunduzi 30-33° gacha ko‘tariladi, bu iqlimiy me’yordan 8-10° ga yuqori bo‘ladi.
4-5 aprelga shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha yuqori va o‘rta qavat bulutlari kuzatiladi, ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda 7 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kungi harorat 23-28° gacha biroz pasayadi.