Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda sohadagi o‘zgarishlar tahlili

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda sohadagi o‘zgarishlar tahlili

28.03.2022

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda sohadagi o‘zgarishlar tahlili

2021 yilda gidrometeorologiya sohasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori va 1 ta farmoyishi qabul qilindi.

Respublika rahbariyati va iqtisodiyot tarmoqlarining turli tashkilotlari talabi bo‘yicha ob-havo prognozlari, gidrologik, atrof-muhit ifloslanishi monitoringi, agrometeorologik, sel toshqinlari, qor ko‘chkilari haqida axborot materiallari tayyorlab berildi.

Natijada turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlari ishonchliligi qisqa muddatli meteorologik 94%, o‘rta muddatli meteorologik 90%, qisqa muddatli gidrologik 95%, uzoq muddatli gidrologik 75%ni tashkil etdi.

Shtorm ogohlantirish, bildirgi va ob-havo prognozlarida kuchli yog‘ingarchilik va kuchli shamollar haqida e’lon qilingan.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuchli yog‘ingarchilik, kuchli shamol, ob-havoning keskin o‘zgarishi haqida 8 ta shtorm ogohlantirishlar tuzildi.

Xavfli hodisalar haqida ogohlantirish 100%ni tashkil etdi. Shunda, xavfli hodisalar 17 ta bo‘lib shundan, kuchli yog‘ingarchilik  9 ta, kuchli shamol 8 ta kuzatildi

Sel xavfi haqida 4 ta shtorm ogohlantirish tayyorlandi. Ogohlantirish darajasi 100%ni tashkil etdi.

O‘zgidrometda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “nis.uz” reytingli axborot tizimiga kiritilib yil yakuni bo‘yicha 87.83 ball bilan reytingda 5 o‘rinni egallangan holda yashil hududga chiqishga erishildi.

Gidrometeorologik va atrof muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda O‘zbekitson Respublikasining ochiq ma’lumotlar portaliga hamda O‘zgidrometning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borilmoqda.

Sun’iy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ma’lumotlarini Ochiq ma’lumotlar portaliga ma’lumotlar uzatilmoqda. Hozirda agrometeorologik, gidrologik, meteorologik va atrof muxit ifloslanishi to‘g‘risidagi 18 turdan oshiq ma’lumotlar Yagona gidrometeorologik ma’lumotlarning ochiq portali “data.meteo.uz” geoportallarida joylashtirildi.

O‘zgidromet va Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro elektron ma’lumot almashinuvi bo‘yicha tasdiqlangan Texnologik yo‘riqnomaga asosan Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar doimiy ravishda taqdim etib borilmoqda.

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimi bilan atmosfera ifloslanishi bo‘yicha elektron hamkorlik doirasida 24/7 onlayn rejimda ma’lumot taqdim etib borilmoqda.

Havfli gidrometeorlogik hududlar monitoringi bo‘yicha mavjud havfli zonalarni tizimi yaratili. Ushbu tizim orqali 12 turdagi ma’lumotlar Kadastr agentligiga ma’lumotlar onlayn taqdim etib borilmoqda.

Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qishloq xo‘jaligi hududlarida joylashgan 12 ta avtomatik agrometeorologik stansiyalar o‘rnatildi. Mazkur stansiyalarda o‘simliklar namligi va zichligi, yog‘in miqdori, tuproq harorati hamda namligini avtomatik usulda har o‘n daqiqada aniqlash yo‘lga qo‘yildi.

Koreya meteorologiya administratsiyasi va Jahon meteorologiya tashkiloti bilan xamkorlikda gidrometeorologik fondda saqlanayotgan qog‘oz shakldagi ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali ma’lumotlar elektron bazasini yaratish bo‘yicha loyixa amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Buxoro viloyati hududida 1 ta meteorologik radiolakator tarmog‘i qurib bitkizildi, hamda Namangan viloyati uchun 1 ta meteorologik radiolakator majmuasi xarid qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

«Yashil iqlim jamg‘armasi» hisobidan umumiy qiymati 10 mln dollar bo‘lgan grant loyihasi imzolandi. Gidrometeorologik, agrometeorologik hamda atrof muhit ifloslanishi kuzatish stansiya va postlari bo‘yicha joriy yilda 30 ta ob’ektlarda qurilish ishlar amalga oshirildi.

Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan 3 ta loyiha moliyalashtirildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi 2022 yil I chorak davomida hokimiyat va boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholini rejaga muvofiq gidrometeorologik ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minladi.

Chorak davomida haqiqiy va kutilayotgan ob-havo, respublikadagi suv resurslari va qishloq xo‘jaligi ekinlari holati haqida  bildirgilar, sharhlar, ma’lumotnomalar tuzildi va boshqaruv organlariga taqdim etildi. Tog‘larda yog‘ingarchilik to‘planishi haqida ma’lumotnomalar tayyorlandi va taqdim etilib kelinmoqda.

Фотогалерия