O‘zbekiston bo‘yicha 28 mart-1 aprelga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 28 mart-1 aprelga ob-havo prognozi

28.03.2022

O‘zbekiston bo‘yicha 28 mart-1 aprelga ob-havo prognozi

Bugun kunduz kuni hududlarning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo 15-17° iliqgacha, janubda 20-22° iliqgacha isiydi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi.

Bugun kechga tomon va ertaga antisiklon kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika hududlari bo‘yicha (shimol va chekka janubdan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Sovuq front o‘tishida kunduzi harorat 7-10° gacha pasayadi.

30 martdan 1 aprelgacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 30 martda havo harorati kechasi 0-3° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq atrofida bo‘ladi. Hafta oxiriga kelib, kechasi harorat 5-10o iliqgacha ko‘tariladi, kunduzi havo 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha isiydi.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.