26 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.03.2022

MUHUM HODISALAR
26-31 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
26-27 martda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.

26 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Surxandaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-16o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin,
kunning ikkinchi yarimida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
13-15o iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.