26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 25 mart soat 20 dan – 26 mart soat 20 gacha
25.03.2022
MUHIM HODISALAR
25-31 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
26-27 martda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelishi havfi bor.
26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 25 mart soat 20 dan – 26 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi
joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.