SHOSHILINCH AXBOROT!

SHOSHILINCH AXBOROT!

24.03.2022

SHOSHILINCH AXBOROT!

2022-yil 25-31 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

         Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

         Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

         Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;

         Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

         Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

         Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

         Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

         Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.