23-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

23-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

21.03.2022

23-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 martda kechasi 0-5° sovuq, Ustyurtda 7-10° sovuqgacha, kunduzi 3-8° iliq; 24 martda kechasi 0-5° sovuq, Ustyurtda
9-12° sovuqgacha,
kunduzi 7-12° iliq; 25 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 26 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARIHavo
o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24-25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Garbiy  shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 24 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, Navoiy viloyatinig shimolida 5° sovuqgacha, kunduzi 7-12° iliq; 25 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 26 martda  kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Garbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 24 martda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 25 martda  kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 26 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24-25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin Garbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 24 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 25 martda kechasi
3-8° iliq,
kunduzi 18-23° iliq; 26 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23 martda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi). 24 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Garbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 mart va 26 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 24 martda  kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 25 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 26 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23-24 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 26 martda ba’zi joylarda (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25 martda kechasi 2-7° sovuq, 23 martda kunduzi 0-5° sovuq, 24-25 marta 5-10° iliqgacha ko’tariladi, 26 martda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.