21 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.03.2022
MUHUM HODISALAR
21-24 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
21 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-12o iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-6o iliq bo‘ladi.