18 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.03.2022
MUHUM HODISALAR
Joriy yilning 19-20 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
19-20 martda kechalari havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida
1-2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida harorat 3-6o sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat
7-10o sovuqgacha bo‘ladi.
19-24 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
19 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kun davomida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s
tezlikda esadi. Havo harorati 4-6o iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq bo‘ladi.