Dam olish kunlari Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Dam olish kunlari Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

18.03.2022

Bugun O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keldi, respublika hududining katta qismida beqaror ob-havo saqlanib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 4-7o iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Shanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik (asosan qor ko‘rinishida) saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqgacha pasayadi, kunduzi 5-10o iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni respublikaning katta qismida quruq va o‘rtacha iliq ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda biroz qor kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqni, kunduzi 7-12o iliqni tashkil etadi.

18-19 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.