18 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.03.2022

MUHUM HODISALAR

Joriy yilning 18-20 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda jumladan;

18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) yogʻadi;  

18 martda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19-20 martda kechalari havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin.

19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida
harorat 2-6o sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat 7-10o sovuqgacha bo‘ladi.

18-19 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.

18-24 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.

 

18 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-7o iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, qor yogadi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq bo‘ladi.