Finlyandiya meteorologiya instituti va O‘zgidromet o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish
17.03.2022
O‘zgidrometda FMI va O‘zgidrometning yangi qo‘shma loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan FMI vakillari Lyubov Liman va janob Xarri Peteril missiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yangi loyiha O‘zbekistonda gidrometeorologik va iqlimiy xizmatlar sifatini oshirishga, ob-havoni raqamli prognozlash, atrof-muhit monitoringi va ifloslanish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida O‘zgidromet mutaxassislarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Missiya doirasida kirish seminari, shuningdek, loyihani muvofiqlashtiruvchi kengash va ishchi guruh yig‘ilishlari o‘tkazildi.