18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 17 mart soat 20 dan – 18 mart soat 20 gacha
17.03.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 18-20 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda jumladan;
18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Surxondaryo,
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19-20 martda kechalari havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin.
19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida harorat 3-6o sovuqgacha,
Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat 7-10o sovuqgacha bo‘ladi.
17-19 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
17-24 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 17 mart soat 20 dan – 18 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq; Ustyurtda kechasi 10-12° sovuq, kunduzi
0-2° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; cho‘l hududlarda ba’zi joylarda kechasi
6-8° sovuq, kunduzi 0-2° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi
6-11° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gachauchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi
2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.