18-21 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

18-21 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

16.03.2022

18-21 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq;
19-21 martda kechasi 1-6° sovuq,
kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. Ustyurtda 5-10° sovuq, kunduzi
3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 19-21 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 19 martda 5-10° iliq, 20-21 martda 7-12° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 18 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 19-21 martda 1-6° sovuq, kunduzi
3-8° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 19-20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Samarqand viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
18 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
18 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq; 19 martda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 20-21 martda kechasi
2° sovuq-3° iliq,
kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
19
-21 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 19-21 martda kechasi
0-5° iliq,
kunduzi 19 martda 7-12° iliq, 20-21 martda 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 19 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boladi.
20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat
18 martda kechasi va kunduzi 6-11° iliq, 19-21 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 19 martda 4-9° iliq; 20-21 martda 9-14° iliqgacha ko‘tariladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 17-18 martda ba’zi joylarda kuchli boladi. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 18 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat

18 martda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 19-20 martda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi
2° sovuq-3° iliq, 21 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.