17 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 16 mart soat 20 dan – 17 mart soat 20 gacha
16.03.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 17-20 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda jumladan;
17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.
17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida
ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘shi kutiladi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda;
17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin;
18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19-20 martda kechalari havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida
ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin.
19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida harorat 2-6o sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat 7-10o sovuqgacha bo‘ladi.
16-19 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
17 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 16 mart soat 20 dan – 17 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
8-10° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi
10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.