16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.03.2022

MUHUM HODISALAR

Joriy yilning 17-20 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda jumladan;

17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.

17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘shi kutiladi.

Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda;

17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin;

18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19-20 martda kechalari havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin.

19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida harorat 2-6o sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat 7-10o sovuqgacha bo‘ladi.

16-19 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.

16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.

 

16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 10-15o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushadi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-13° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o iliq bo‘ladi.