17-20 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

17-20 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

15.03.2022

17-20 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18-20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 18 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 19-20 martda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. Ustyurtda 17 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi; 18-20 martda kechasi 5-10° sovuqgacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliqgacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
18-20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 18 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 19-20 martda kechasi 2° sovuq-
3° iliq,
kunduzi 5-10° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 17 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 18 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 19-20 martda 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 17 martda Jizzax viloyatida shamol tezligi 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 18 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq; 19 martda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 20 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 18 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 19-20 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17 va 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 18 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 19-20 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-19 martda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, 18 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 martda shamol tezligi 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 18 martda kechasi va kunduzi 6-11° iliq; 19-20 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 17-18 martda ba’zi joylarda kuchli boladi. 17 martda ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 18 martda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq,
19-20 martda kechasi 2-7° sovuq,
kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.