16 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 15 mart soat 20 dan – 16 mart soat 20 gacha
15.03.2022
MUHIM HODISALAR
15-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
15-16 martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
15-19 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.
15-16 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor.
16 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
15 mart soat 20 dan – 16 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tusishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.