15 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.03.2022

MUHUM HODISALAR

15-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog’li hududlarida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi.

15-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15-19 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.

15-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.

 

15 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8-13o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-11° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5o iliq bo‘ladi.