15 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 14 mart soat 20 dan – 15 mart soat 20 gacha
14.03.2022
MUHIM HODISALAR
14-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
14-16 martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14-15 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.
14-16 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor.
15 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 14 mart soat 20 dan – 15 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi
va ertalab tuman tusishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida
12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Ustyurtda
kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq, Navoiy viloyatining cho’l hududlarida kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.