14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.03.2022

MUHUM HODISALAR
14-16 martda hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog’li hududlarida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi.
14-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14-15 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
14-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.

14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat
11-16o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati 14-16° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.