15-18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
13.03.2022
15-18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 15 va 18 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 17 martda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 18 martda kechasi
2°sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 15-17 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq,
16 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 17 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq,
18 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 15-16 martda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 15-16 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 18 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 15-16 martda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 16 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq,17 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 18 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi..
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 15-16 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 16 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 18 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15-16 martda vaqti-vaqti bilan kuchli boladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 17 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq, 18 martda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.