ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 13 МАРТА
13.03.2022
MUHUM HODISALAR
13-16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi davom etadi.
13-16 martda hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog’li hududlarida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi.
13-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-15 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
13-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
13 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 11-16o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati 12-14° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zan kuchli bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.