12 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.03.2022
MUHUM HODISALAR
12-16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
12-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
12-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
12-15 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
12-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
12 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 15-17o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zan kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-19° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zan kuchli bo’ladi tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.