11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.03.2022

MUHUM HODISALAR

11-16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

11-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

11-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

11-15 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.

11-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.

 

11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat
16-21o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Havo harorati 17-19° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Qor ko’chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.