10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.03.2022
MUHUM HODISALAR
11-15 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
10-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga tomon, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 16-21o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-19° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Qor ko’chish hafi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.