DIQQAT, TANLOV!

DIQQAT, TANLOV!

09.03.2022

DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Butunjahon suv zahiralari kuni (22-mart) va Butunjahon meteorologiya kuni (23-mart) arafasida  “Ob-havo – Suv - Iqlim”  mavzusiga bag‘ishlangan ijodiy tashabbuslar tanlovi boshlanganligini e’lon qiladi.

2022-yil 23 – mart. Kun mavzusi - “Erta ogohlantirish va javob. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish uchun meteorologik va iqlimiy ma’lumotlar.” Ushbu shior ekstremal ob-havo hodisalarini o‘z vaqtida aniqlash va bashorat qilish va ulardan zararni minimallashtirish uchun meteorologik kuzatuvlarning muhimligini eslatadi.

22 yil 2022 yil 20 martdagi kun mavzusi "Yer osti suvlari: ko‘z ilg‘amas (ko‘rinmas) narsalarni ko‘rinadigan qilish". Ushbu shior tom ma’noda bizning oyoqlarimiz ostidagi eng qimmatli manba haqida eslatib turadi.

Ma’lumot uchun: 1950 yil 23 martda BMT Jahon meteorologiya tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kirdi. Ushbu tadbir sharafiga har yili 23 mart kuni Butunjahon meteorologiya kuni nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi 23 yanvar 1997 yildan JMT a’zosidir

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1992 yil  22 dekabrda qabul qilgan qarorida 22 martni Butunjahon suv zaxiralari kuni deb e’lon qildi. Ushbu kun suv zaxiralari bilan bog‘liq muammolar haqida ko‘proq bilish, ular haqida boshqalarga yetkazish, ularni ilhomlantirish (ijobiy munosabatda bo‘lishga undash) va vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish choralarini ko‘rish imkoniyatini beradi.

Ushbu tanlovning maqsadi ajoyib tabiat hodisalari va atrofimizdagi dunyoni ijodiy namoyish etish orqali iqlim o‘zgarishi, suv zaxiralari va atrof-muhitga hurmat mavzusini ommalashtirishdir.

Tanlovda ishtirok etish uchun ob-havo hodisalari, suv resurslari bilan bog‘liq muammolar, iqlim o‘zgarishi oqibatlari, ekologik jihatlar aks etgan fotosuratlar, chizmalar, videofilmlar, installyatsiyalar, insholar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etadigan ishlar O‘zgidromet tomonidan asar muallifi ko‘rsatilgan holda xalqaro konferensiyalarda turli nashrlar va ma’ruzalar tayyorlashda ham foydalaniladi.

Xohlovchilar tanlovga taklif etiladilar.

Arizalar 2022 yil 20 martigacha  tanlov@meteo.uz qabul qilinadi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.